Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Bog’ot tumani markazi, tuman hokimiyati yonginasida joylashgan bekatdan boshqa maqsadlarda foydalanilayotgani haqida tarqalgan xabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Bog’ot tumani Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi bo’limining ma’lum qilishicha, murojaatda keltirilgan bekat Bog’ot tumani hokimining 2019-yil 9-iyuldagi 4798-sonli qarori bilan fuqaro Matrizayeva Nargizaga Bog’ot shaharchasi O’zbekiston ko’chasi hududidagj “Aqlli bekat” uchun zamonaviy tipdagi (5x13m) o’lchamdagi butkani vaqtincha 1 yil muddatga o’rnatishga ruxsat berilganini ma’lum qilamiz.
Hozirda ijara muddati tugaganligi sababli bekatda joylashgan mazkur "butka" demontaj qilingan.
13-03-2024, 01:25
Вернуться назад